Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ligasi guruh bosqichi, 5-tur: "Zarya" "Fenerbaxche"ga yutqazdi, "Astana" "APOEL"ni yutdi
Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turida "Fenerbaxche" o‘z maydonida Ukrainaning "Zarya"sini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarni Miroslav Stox va Simon Kyayer kiritdilar. Shu tariqa "Zarya" musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. "Fenerbaxche" esa boshqa juftlikda "Manchester Yunayted" "Feyyenoord"ga yutqazsa, pley-off bosqichiga yo‘l olishi mumkin.
Yevropa ligasi. A guruhi. 5-tur
Fenerbaxche (Stambul, Turtsiya) – Zarya (Lugansk, Ukraina) – 2:0
Gollar: Stox, 59 (1:0); Kyayer, 67 (2:0).
Chetlatish: Sobol, 90+3 (Zarya)
5-turning parallel o‘tgan qolgan o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd qilindi.
S guruhi.
Gabala (Gabala, Ozarboyjon) – Anderlext (Bryussel, Belgiya) – 1:3
Gollar: Tilemans, 10 (0:1); Rikardino, 15 (1:1, pen); Bruno, 90 (1:2); Teodorchik, 90+3 (1:3).
Urilmagan penalti: Rikardino, 75 (Gabala)
Chetlatish: Eyubov, 88 (Gabala).
B guruhi.
Astana (Astana, Qozog‘iston) – APOEL (Nikosiya, Kipr) – 2:1
Gollar: Efrem, 31 (0:1); Anichich, 59 (1:1); Despotovich, 84 (2:1).
Chetlatish: Astis, 32 (APOEL)
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
17:45 / 31.01.2025
«Roma» «Portu»ga qarshi o‘ynaydi – Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi
17:20 / 15.03.2024
Yevropa ligasi chorakfinaliga qur’a tashlandi: «Milan» – «Roma», «Liverpul» Italiyaga boradi
00:48 / 17.02.2023
Yevropa ligasi. «Barselona» «MYu»ga qarshi «Nou Kamp»dagi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
17:36 / 07.11.2022