09:27 / 25.11.2016
6298

Yevropa ligasi. «Krasnodar» keyingi bosqichda, «Inter» musobaqa bilan xayrlashdi

Yevropa ligasining birinchi qismidan o‘rin olgan uchrashuvlarda yakunlandi. O‘zbekistonlik muxlislar uchun eng ahamiyatli uchrashuv Rossiyada bo‘lib o‘tdi.

Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Krasnodar» jamoasi o‘z uyida Avstriyaning «Red Bull» jamoasini qabul qilib o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan durang natijani qayd eta olishdi. «Krasnodar»ga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan «Nitstsa» esa Germaniyada «Shalke»ga imkoniyatni boy berib so‘nggi tur oldidan 3 ochko bilan qolib ketdi. 4 ochko to‘plagan «Red Bull» esa ochkolar bo‘yicha «Krasnodar»ga yetib olishi mumkin, biroq o‘zaro o‘yinlardagi natija tufayli «Krasnodar»ni 2-o‘rindan hech kim qo‘zg‘ata olmaydi.

Italiyaning «Inter» jamoasi esa musobaqa bilan muddatidan oldin xayrlashadigan bo‘ldi. Isroilga tashrif buyurgan Pioli shogirdlari 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Biroq Samir Handanovichning qizil kartochka olib maydonni tark etishi milanliklarga qimmatga tushdi. Natijada hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda «Xapoel» o‘zi uchun kerakli bo‘lgan golni kiritib g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqish uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Bu guruhda «Sparta» Angliyaning «Sauthempton» klubidan ustun kelib guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qildi. Ikkinchi yo‘llanma taqdirini «Sauthempton» va «Xapoel» jamoalari Angliyadagi uchrashuvda hal qilishadi.

Qolgan natijalar bilan tanishing:

Krasnodar (Rossiya) – Red Bull (Avstriya) 1:1 (0:1)
Gollar:
 0:1 – 37 Dabur, 1:1 – 85 Smolov.
Krasnodar: Kritsyuk, Grankvist, Naldo, Kaleshin, Torbinskiy, Pereyra (Laborde, 58), Kabore, Odil Ahmedov, Kuassi (Gazinskiy, 46), Joaozino (Izmaylov, 74), Smolov.
Red Bull: Valke, Paulo Miranda, Uizdom, Ulmer, Upamekano, Lazaro, Radoshevich, Samasseku, Berisha (Shlager, 88), Gulbrandsen (Xvan Xi Chxan, 73), Dabur.

Shalke-04 (Germaniya) – Nitstsa (Fransiya) 2:0 (1:0)
Gollar: 
1:0 – 14 Konoplyanka, 2:0 – 80, penalti Aogo.
Shalke-04: Fermann, Kerer, Riter, Naldo, Aogo, Tekpetey, Stambuli, Kaysara, Konoplyanka (Bentaleb, 61; Avdiyay, 81), Baba, Mayyer (Reze, 46).
Nitstsa: Kardinal, Bodmer, Suke, Dante, Boskali, Donis, Belxanda (Esserik, 65), Rikardu Pereyra (Plea, 66), Kozello, Dalbert, Valter (Marsel, 69).
Chetlatish: Tekpetey (90, Shalke).

Styaua (Ruminiya) – Usmonlispor (Turkiya) 2:1 (0:1)
Gollar:
 0:1 – 30 Ndiayye, 1:1 – 68 Momchilovich, 2:1 – 86 Tamash.

Ayaks (Niderlandiya) – Panatinaikos (Gretsiya) 2:0 (1:0)
Gollar: 
1:0 – 39 Shene, 2:0 – 50 Tete.
Ayaks: Onana, Tete, Deyks, Vestermann, de Ligt, Shene (de Yong, 69), van de Bek, Cherny, Nuri, Yunes (Klement, 62), Kaserra.
Panatinaikos: Stil, Samba (Ivanov, 57), Moledo, Kutrubis, Kulibali, Xult, Zeka, Vilyafanes (Ledesma, 63), Lod, Mubarak, Ibarbo (Rinaldi, 75).

Selta (Ispaniya) – Standard (Belgiya) 1:1 (1:0)
Gollar: 
1:0 – 8 Aspas, 1:1 – 81 Layfis.
Selta: Blanko, Kabral, Kastro (Gomes, 82), Malo, Ronkalya, Ernandes, Dias (Radoya, 62), Vass (Rossi, 84), Sisto, Aspas, Gvidetti.
Standard: Yuber, For, Sholts, Fe, Layfis, Edmilson Junior (Mbenza, 62), Trebel, Sisse, Raman (Badibanga, 89), Sa, Belfodil.

Sparta (Praga, Chexiya) – Sauthempton (Angliya) 1:0 (1:0)
Gol: 
1:0 – 11 Nxamoynesu.
Sparta Praga: Koubek, Nxamoynesu, Mazux, Karavayev, Golek, Xoltser (Dudl, 90), Marechek, Dochkal, Kadlets, Lafata (Gavelka, 88), Yulish (Kestl, 90).
Sauthempton: Forster, van Deyk, Yosida, Martina, Makkuin, Xeyberg (Romeu, 55), Klasi (Ostin, 72), Redmond, Uord-Prouz, Rodriges (Bufal, 55), Long.

Xapoel (Beyer-Sheva, Isroil) – Inter (Italiya) 3:2 (0:2)
Gollar: 
0:1 – 12 Ikardi, 0:2 – 25 Brozovich, 1:2 – 58 Lusio Maranyao, 2:2 – 71, penalti Nvakaeme, 3:2 – 90+3 Saar.
Xapoel Beyer-Sheva: Goresh, Taa (Radi, 36), Tsedek, Korxut, Bitton, Buzaglo, Ogu, Xoban (Gadir, 81), Migel Vitor, Lusio Maranyao (Saar, 75), Nvakaeme.
Inter: Handanovich, D`Ambrozio, Murilo, Nagatomo, Miranda, Melo (Nyukuri, 63), Brozovich, Banega (Karriso, 70), Kandreva, Eder (Perishich, 60), Ikardi.
Chetlatish: Handanovich (68).

Tsyurix (Shveytsariya) – Vilyarreal (Ispaniya) 1:1 (0:1)
Gollar: 
0:1 – 14 Soriano, 1:1 – 87, penalti Rodriges.
Tsyurix: Vanin, Bangura, Ketsoyevich, Nef, Sarr, Shenbexler, Markezano, Bryunner (Rodriges, 69), Kukeli (Sadiku, 79), Fozer (Vinter, 69), Kone.
Vilyarreal: Asenxo, Musakko, Xose Anxel, Rukavina, Ruis, Dos Santos, Trigeros, Soriano, Cheryshev (Kastilexo, 70), Bakambu (Rodri Ernandes, 82), Pato (Sansone, 78).

Fiorentina (Italiya) – PAOK (Gretsiya) 2:3 (1:2)
Gollar: 
0:1 – 5 Shaxov, 0:2 – 26 Djalma, 1:2 – 33 Bernardeski, 2:2 – 50 El-Babakar, 2:3 – 90+3 Rodrigesh.
Fiorentina: Ledzerini, Rodriges, Astori, Tomovich, Milich (Keza, 51), Vesino, Badel, Telo (Ilichich, 83), Kristoforo (Sanches, 66), Bernardeski, El-Babakar.
PAOK: Brkich, Varela, Krespo, Leovats, Leo Matos, Tsimirot, Kanyas, Rodrigesh, Shaxov (Mistakidis, 83), Djalma (Pelkas, 71), Kuluris (Tyam, 61).

Gent (Belgiya) – Braga (Portugaliya) 2:2 (2:2)
Gollar: 
0:1 – 14 Stoilkovich, 1:1 – 32 Kulibali, 1:2 – 36 Koka, 2:2 – 40 Milichevich.

Slovan (Liberets, Chexiya) – Qorabog‘ (Ozarboyjon) 3:0 (1:0)
Gollar: 
1:0 – 11 Vux, 2:0 – 57, penalti Komlichenko, 3:0 – 63 Komlichenko.

Shaxter Ukraina – Ko‘nyaspor (Turkiya) 4:0 (2:0)
Gollar: 
1:0 – 10, avtogol Bardakdji, 2:0 – 36 Dentino, 3:0 – 66 Eduardo, 4:0 – 74 Bernard.
Shaxter: Shevchenko, Ordets, Matviyenko, Srna, Krivtsov, Dentino, Malyshev, Bernard, Kovalenko (Tankovskiy, 46), Tayson (Eduardo, 64), Boryachuk (Stepanenko, 79).
Ko‘nyaspor: Qirintili, Bardakdji, Ay, Uslu, Shaxiner, Miloshevich (Senmez, 63), Mbamba, Xadjiaxmetovich, Xora (Bayich, 83), Chamdali (Mexa, 16), Findikli.

 

Manba: tribuna.uz

Top