Fan-texnika | 19:10 / 25.11.2016
10506
2 daqiqa o‘qiladi

Professional haydovchilar uchun yilning eng yaxshi avtomobili ma'lum qilindi

Foto: weibo.com

Britaniyaning Professional Driver jurnali «Yil avtomobili» tanlovining ilk natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, yollangan haydovchilar uchun BMW 730Ld sedani eng yaxshi avtomobil sifatida tan olingan. O‘tgan yili bu toifada birinchi o‘rin Range Rover Portfolio SDV8 yo‘ltanlamasiga berilgan edi. 

Hakamlar hay'atiga 80 kishi kirgan bo‘lib, ular orasida hashamatli avtomobillarni haydovchilari bilan ijaraga beruvchi xususiy firmalar rahbarlari, professional haydovchilar va avtojurnalistlar bor. 

Range Rover Portfolio SDV8

Professional Driver jurnali vakillarining so‘zlariga ko‘ra, BMW 730Ld ushbu reyting joriy qilinganidan beri eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan. Biroq, hakamlar tomonidan ushbu avtomobilga qo‘yilgan ball e'lon qilinmagan. 

BMW 730Ld

Umuman, nashr, yana yettita tasnif bo‘yicha yilning eng yaxshi avtomobilini aniqlaydi. Bular: «Yil avtomobili», «Eng yaxshi vakillik sedani», «Yilning yashil avtomobili», «Yilning hashamatli avtomobili», «Yil yo‘ltanlamasi», «Yil universali», «Xususiy ijara uchun eng yaxshi avtomobil». Boshqa tasniflar bo‘yicha natijalar hozircha e'lon qilingani yo‘q. 

BMW 730Ld

Mavzuga oid