Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi zilzila sababli okean tubi quruqlikka aylanib qoldi
Yangi Zelandiyadagi zilzila sababli okean tubining bir qismi quruqlikka aylanib qoldi. Ba'zi joylarda sohil chizig‘i 5,5 metrga ko‘tarilgan, deb xabar bermoqda nat-geo.ru.
Yangi Zelandiyadagi zilzilalar 13 noyabrda boshlanib, bir kun davom etgan va katta hududni qamrab olgan. Zilzila markazi Kraystcherch shahridan shimoli-sharqiy tomonda bo‘lgan, 7, 8 magnitudali eng kuchli zilzila esa 180 km uzoqlikda, Kaikour shahrida qayd qilingan.
Zilzila oqibatlaridan biri Kaikour yaqinidagi tektonik plitalarning jiddiy surilishi bo‘ldi: okean tubining katta qismi quruqlikka aylanib, Papatea ko‘rfazining bir qismini okeandan ajratib qo‘ydi. O‘rta miqdorda sohil chizig‘i 2 metrga ko‘tarilgan, biroq ba'zi joylar 5 metr balandlikka yetadi, chunki plita vertikal emas, balki burchak ostida ko‘tarilgan. Birdan quruqlikka aylangan okean tubida suv o‘tlari, o‘lgan baliqlar va krablar qolgan.
Kraystcherch hududidagi avvalgi zilzila Yangi Zelandiyaning butun tarixidagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi: o‘shanda 185 kishi halok bo‘lgandi. Joriy zilzilalar esa undan ham kuchli bo‘ldi, biroq zilzila markazi kimsasiz joyda bo‘lgani sababli qurbonlar soni ancha kam bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va bir necha o‘n kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025