Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi
Kanadaning Kron Technologies startapi Chronos 1.4 kamerasini namoyish qildi. Bu kamera soniyasiga rekord sondagi – 21,6 mingta surat oladi. Loyihani ishlab chiqarish uchun Kickstarter saytida 5 soat davomida zarur mablag‘ yig‘ib olindi.
Startapchilar 65 ming Kanada dollari yig‘ishlari kerak bo‘lgan. Biroq ayni vaqtga kelib 257 ming dollar investitsiya qilingan.
Kamera ilk investorlariga 3489 Kanada dollariga (2500 AQSh dollari) tushdi. Katta suratga olish tezligiga ega professilonal kameraga nisbatan Chronos 1.4 anchagina kamroq turadi.
Yangi kamera sekundiga 1500 tagacha kadrga ega tezlikda HD-video suratga oladi, uning maksimal tezligi esa minimal ko‘rsatkichlarda soniyasiga 21,6 ming kadrgacha yetadi.
Kameraning suratga olish imkoniyati soniyasiga 1,4 gigapikselni tashkil qiladi. Suratga olish qobiliyati 1280x1024 nuqtaga teng. Quirlma ishlab chiqaruvchilarining aytishicha, suratga olishning yuqori tezligi sababli kamera xotirasi tezda to‘lib qoladi. Shu sababli kamerada yetarlicha xotira bo‘lishiga e'tiborni qaratish kerak, chunki 4 sekundlik video 8 GB keladi.
Qurilmaning KPOM-sensori 45 × 6,76 mm ni, piksel o‘lchami esa 6,6 mkm ni tashkil qiladi. Kamera 5-dyuymli, 840×480 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega ekran bilan ta'minlangan. Qurilma korpusi alyuminiydan tayyorlangan. Portlar tanlovi katta, shuning uchun bir-biri bilan mos kelmaslik borasida muammolar bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
16:50 / 09.11.2018
Moskvada haydovchilarning piyodalarga yo‘l bermaganlik holatlarini qayd etish uchun kameralar o‘rnatiladi
14:41 / 08.11.2018
OAV: Xitoy inson shaxsini qadam bosishidan aniqlash texnologiyasini joriy etdi
22:15 / 19.10.2017
Toshkent yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar bir haftada qancha qoidabuzarlikni qayd etdi?
20:58 / 15.03.2017