Texnologiya | 23:06 / 28.11.2016
5948
1 daqiqa o‘qiladi

“Yevropada yil avtomobili” tanlovi finalchilari nomi ma'lum qilindi

Yevropaning “Yil avtomobili” tanlovi tashkilotchilari yettita finalchi nomini e'lon qilishdi. G‘olib nomi keyingi yilning mart oyida Jyenevada o‘tadigan motorshouda ma'lum qilinadi.

Tanlovda 22 mamlakatdan tashrif buyurgan jurnalistlardan iborat hay'at a'zolari finalchilarni 40ta talabgor ichidan tanlab olishdi. Omadlilar safidan Yevropaning beshta va Yaponiyaning ikkita modeli joy oldi. Ammo ayrim yangiliklar, masalan, Honda NSX superkari, Jaguar F-Pace va Skoda Kodiaq krossoverlari, Tesla Model X elektrokarlariga finalchilar ro‘yxatidan o‘rin berishmadi.

Eslatib o‘tamiz: “Yevropada yil avtomobili” tanlovining g‘olibi Opel Astra xetchbeki bo‘lgan edi.


 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid