Sport | 17:42 / 28.11.2016
11009
2 daqiqa o‘qiladi

Rayan Giggz: «Yechinish xonasida oynaga qaramoqchi bo‘lsang, xona Ronaldudan bo‘shashini kutishing kerak edi»

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Rayan Giggz o‘zining bir vaqtlardagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu borasida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Odamlar uning «Manchester Yunayted»dagi juda qiyin boshlangan faoliyati haqida unutib yuborishgan. Ammo har doim yaxshi bo‘lish uchun ishlashdan to‘xtamasdi. U aqlbovar qilmas darajada atlet va o‘yinchi. Men bilan birga o‘ynagan futbolchilar ichida so‘zsiz eng yaxshisi.

U klubda ham ajoyib sherik bo‘la olardi. Faqat senga yechinish xonasida oynadan foydalanish kerak bo‘lgan paytgacha.. Oldinlari oyna qarshisida birinchi bo‘lib Bekhem paydo bo‘lardi. Keyin esa Krishtianu keldi va bu o‘rinni egalladi. Shunaqa paytda sizda ko‘zgudan foydalanish zarurati bo‘lsa, Ronalduni kutishingizga to‘g‘ri kelardi», — deya gapirib o‘tdi Giggz.

Mavzuga oid