Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gimnastika bo‘yicha murabbiylar va hakamlar maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar va o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi Gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga o‘zgartirildi. Bu O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qabul qilgan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qaror matni Lex.uz saytida e'lon qilingan.
Unga muvofiq, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi huzuridagi Respublika gimnastika murabbiylari va hakamlar maktabi ustavi ham tasdiqlangan.
Qarorda ta'kidlanishicha, o‘zgarishlar gimnastikachilar, murabbiylar va hakamlar mahorat darajasi hamda malakasini doimiy ravishda oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublika aholisi, ayniqsa, yoshlar va qizlar o‘rtasida sportning gimnastika turlarini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish maqsadlariga xizmat qilishi kerak.
Har yili 12 nafar iqtidorli bolani qabul qiladigan BO‘IROZSMda tahsil olish muddati besh yilni, umumiy soni 60 kishini tashkil etadi.
Respublika maktabida murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shuningdek, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federatsiyasi, sport maktablari va professional sport klublari arizalariga binoan, mutaxassislarni o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:46 / 14.10.2025
Indoneziya Isroilni badiiy gimnastika bo‘yicha JChga kiritmaydi
20:50 / 10.06.2024
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi
17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi
09:28 / 20.06.2023