Bayden Iroq Kurdistoni rahbari bilan kurdlar va Iroq hukumati hamkorligi borasida suhbatlashdi
AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Iroq Kurdistoni rahbari Ma'sud Borzoniy bilan telefon orqali suhbatda Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani hamda Iroqning hududiy yaxlitligini saqlab qolish muhimligini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Vitse-prezident Iroq kuchlari tomonidan IShIDga qarshi kurashdagi yaqindagi muvaffaqiyatni qutladi hamda "peshmerg" tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak uchun prezident Borzoniyga minnatdorchilik bildirdi", deb aytildi xabarda. Bundan tashqari, Bayden "Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy va Iroq hukumati bilan hamkorlikning to‘xtamasligi muhimligini ta'kidlab o‘tdi".
Suhbatdoshlar shuningdek Iroqning "hududiy yaxlitligi va suvereniteti"ni qo‘llab-quvvatlashlarini aytdilar hamda "Iroqdagi barcha operatsiyalar mamlakat hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini" tasdiqladilar.
Mavzuga oid
23:55 / 29.12.2023
Bayden Rossiyaning ommaviy raketa zarbalariga javoban Kongressni «shoshilinch chora ko‘rishga» chaqirdi
21:51 / 08.12.2023
Baydenning o‘g‘li 1,4 mln dollar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblandi
00:40 / 07.12.2023
Bayden Kongressni yil oxirigacha Ukrainaga yordamni tasdiqlashga chaqirdi
20:58 / 16.11.2023