Fan-texnika | 22:37 / 01.12.2016
10031
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Samsung Galaxy A5 video orqali namoyish qilindi

Foto: hi-tech.mail.ru

Insayder Nil Potgeyter o‘zining YouTube-kanalida yangi Samsung Galaxy A5 (2017) smartfoni videosini chop etdi. Videoda qurilmani barcha tomondan ko‘rish mumkin, shuningdek uning texnik ko‘rsatkichlari ma'lum bo‘ldi.

A-seriyadagi smartfonlar dizayni tez-tez o‘zgarib turadi. Yangi model, ko‘rinishicha,  Galaxy S7 va S7 edge smartfonlari stiliga yaqin bo‘ladi. 

Samsung Galaxy A5 (2017) silliq korpus va 2.5D-shisha bilan qoplangan ekran bilan jihozlangan. Videoda smartfonning orqa qopqog‘i shisha yoki polikarbonatdan ishlanganini aytish murakkab, biroq smartfon juda antiqa ko‘rinishga ega.

Smartfonning metall ramkasida dinamik uchun teshiklarni ko‘rish mumkin, avval A-seriyadagi smartfonlarda bunday teshik bo‘lmagan. Smartfonning yana bir jihati orqa qopqoq yuzasidan chiqib turmaydigan kamera bo‘lib, buning hisobiga kamera uncha-bunchaga tirnalmaydi.

Smartfon shuningdek quyidagi ko‘rsatkichlarga ega: 8 yadroli Exynos 7880 chipseti, 3 Gb tezkor xotira, 32 Gb doimiy xotira, 5,2 dyuymli Super AMOLED, Full HD ekrani, USB Type-C raz'yomi.