Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: «Biz ertaga g‘alaba qilsak ham, tanqid qilaverishadi»
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike «Real»ga qarshi o‘yin arafasida jurnalistlarga intervyu berdi.
«Biz Zidan va «Real»ning uslubi o‘sha-o‘sha ekanini ko‘rib turibmiz. Ularning mudofaasi mustahkam, ular xavfli vaziyatlar yarata olishadi, to‘psiz yaxshi o‘ynashadi, tezkor qarshi hujumga chiqishning hadisini olishgan. «Real»da dunyo darajasidagi mahoratli yigitlar jamlangan. Biz uchun bu alohida raqibga qarshi muhim o‘yin. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Jamoadagi jarohatlar haqida gapirishni istamayman. Bu futbolning bir qismi. Hamisha hamma jamoada jarohatlar bo‘ladi.
Madrid jamoasining har bir chizig‘ida yuqori saviyali futbolchilar yig‘ilgan.
Yaxshi xabarlar bor, futbolchilarimiz tiklanishdi va o‘yinda jamoaga yordam berishga tayyor. Inesta — sardorimiz. U o‘zida «Barselona» o‘yinini mujassamlashtirgan. Uning qaytishi — juda yaxshi yangilik.
Agar «Real» g‘alabaga erishsa, ular bizni 9 ochkoga qoldira boshlashi mumkin. Ammo bu eng yomon holat bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, biz ertaga g‘alaba qozonishimiz zarur.
Biz asosiy raqibimizni yengishimiz zarur. Lekin bu bilan tanqidlardan qutilamiz deb o‘ylamayman. Ba'zida tanqidlar ham kerak bo‘ladi.
«Real»ga qarshi uy o‘yinimizda biz turnir jadvalidagi vaziyatni yoddan chiqargan holda alohida o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Biz ulardan 1 ochko ortda qolamizmi yoki 100 ochkomi bu ahamiyatga ega emas.
Pike va Alba jarohatlardan tuzaldi. Ular o‘ynay olish-olmasligi haqida avvalo o‘zlari qaror qilishi kerak.
Agar «Real» 4–1–4–1 sxemasida o‘yin olib boradigan bo‘lsa, Kazemiro Isko uchun bo‘sh hududlar yaratishga harakat qilsa kerak. Bundan maqsad yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish. Lekin maydonga kimlar chiqishi aniq emas. Biz «Real» o‘yinni qanday tarkibda boshlashi aniq bo‘lishini kutamiz», —deya Luis Enrikening so‘zlarini keltirgan en.as.com.