Janubiy Koreyada prezidentga qarshi tarixdagi eng katta namoyish bo‘lib o‘tdi

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya shaharlari ko‘chalariga mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste'foga ketishini talab qilib, kamida 2,3 mln kishi chiqdi, deb xabar bermoqda Korea Herald nashri. Namoyish muxolif partiya parlamentga prezidentni impichment qilish taklifini kiritgandan bir necha soat keyin boshlangan.
Seuldagi namoyishning o‘zida 1,7 mln dan ko‘proq odam ishtirok etdi.
"Namoyish ishtirokchilari prezidentga bosimni kuchaytirish va uni o‘z lavozimini ko‘ngilli tarzda tark etishi maqsadida prezident qarorgohidan 200 metr naridan o‘tdilar", deyilmoqda xabarda.

Yana 620 ming kishi Janubiy Koreyaning yirikligi bo‘yicha 2-shahari – Pusan va Kvanju ko‘chalariga chiqdilar.
Bu namoyish mamlakatda prezident iste'fosi talab qilib o‘tkazilayotgan 6-namoyishdir. Mutaxassislarning hisob-kitoblari to‘g‘ri bo‘lsa, 4 dekabrdagi namoyish mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.
Prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish 9 dekabrda bo‘lib o‘tadi. U bo‘yicha rezolyutsiyani 171 deputat, jumladan uch muxolif partiyadan barcha deputatlar va mustaqil deputatlar qo‘llab-quvvatlagan. Janubiy Koreya prezidentining iste'foga jo‘natilishi uchun 300 deputatdan 200 nafari bunga ovoz berishi kerak.
Pak Kin Xe o‘zining yaqin dugonasi Chxve Sun Silga soyavonlik qilganlikda ayblanmoqda. Chxve Sun Sil yirik korruptsion mojaroga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
Jahon | 22:39
-
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 20:52
-
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
O‘zbekiston | 20:32
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
O‘zbekiston | 20:16
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025