Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytmoqda
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U o‘zbek estradasining bir guruh atoqli namoyondalari va sportchilar qatorida sahnada turib, O‘zbekiston madhiyasini kuylagan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, Yulduz Usmonova yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yana bir bayram konsertida ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish kerakki, oktabr oyida Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
U O‘zbekistonda prezidentlik saylovi arafasida videomurojaat qilib, saylovda Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma'lum qilgan va muxlislarini ham shu nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.
Ma'lumot uchun, Yulduz Usmonova 2005 yildan buyon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U O‘zbekistonda oxirgi bor 2007 yilda konsert bergan (Xalqlar do‘stligi saroyida).
Mavzuga oid
19:45 / 04.04.2026
«O‘zlaring ashula aytinglar» – Yulduz Usmonova qo‘shiqchilar soliqqa tortilishi haqida
09:40 / 24.05.2024
Meksikada mitingda sahnaning qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
07:03 / 27.08.2023
Mustaqillik bayrami arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalari xodimlari mukofotlandi
17:57 / 01.04.2023