Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya shahzodasi Shirerni komandorlik ordeni bilan taqdirladi
Angliya futboli afsonasi, «Nyukasl»ning sobiq hujumchisi va sardori Alan Shirer Bukingem saroyida o‘tkazilgan marosimda Britaniya imperiyasining faxriy ordeni bilan taqdirlandi. BBC xabariga ko‘ra, futbolchiga xayriya ishlaridagi faolligi uchun mukofot topshirilgan.

Shirerning Alan Shearer Foundation jamg‘armasi 2012 yildan buyon imkoniyati cheklangan insonlarga yordam ko‘rsatib keladi.
Imperiyaning oliymaqom ordeni bo‘lmish ritsarlik ordeni Britaniya qiroli Georg V tomonidan 1917 yilning 4 iyunida ta'sis etilgan. Birinchi va ikkinchi toifadagi mukofot sohiblari ritsarlik maqomiga sazovor bo‘ladi. «Komandor» — uchinchi toifadagi orden bo‘lib, bu ritsarlik maqomini bermaydi.