11:44 / 07.12.2016
4939

Britaniyalik 40-yillar qiruvchi-samolyotida parvoz qildi

GETTY IMAGES

Britaniyaning Reding shahrida yashovchi Alan Jyeyms o‘z garajida Ikkinchi jahon urushi qiruvchi-samolyoti Isaacs Spitfire’ning ishchi modelini yasadi va unda muvaffaqiyatli parvoz qildi.

Britan nashrlarining xabar berishlaricha, ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun 63 yashar Jyeyms o‘z yonidan deyarli 18 ming. funt (22,7 ming. dollar) sarfladi.

U o‘z samolyotining detallarini AQSh va Yevropaning turli mamlakatlaridan qidirdi.
Rolls Royce dvigateli Niderlandiyada yasaldi, g‘ildiraklar eBay portalidan sotib olindi, uchuvchi uchun kamarga esa AQShda buyurtma berildi.

Samolyotni qurish uchun uch yil ketdi va 2015 yilning sentabrida Jyeyms u bilan birinchi parvozni amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun: Supermarine Spitfire qiruvchi-samolyotlar modeli 1938 yilda foydalanishga topshirilgan. Urush vaqtida undan britan va sovet harbiy havo kuchlari muvaffaqiyatli foydalanishgan.
 

Top