Jahon | 19:13 / 08.12.2016
5116
1 daqiqa o‘qiladi

BMT hisoboti: Donbassda nizo boshlanganidan beri deyarli 10 ming kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi Donbassdagi mojarolar davomida inson huquqlari, halok bo‘lganlar va jarohat olganlar borasidagi yangi hisobotni taqdim etdi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasida xabar qilingan.

«Halok bo‘lganlarning umumiy soni 2014 yilning aprel oyi o‘rtalaridan 2016 yil 1 dekabriga qadar 9758 kishini, jarohat olganlar esa 22 779 nafar insonni tashkil etadi», - deyiladi hisobotda.

Ta'kidlanishicha, bu ma'lumotlar o‘z ichiga Ukraina QK, oddiy fuqarolar va “qurollangan guruhlar a'zolari”ni qamrab olgan.

Nizo davomida 2 mingdan ortiq tinch aholi vakillari, shuningdek MH17 layneri bortida bo‘lgan 298 kishi halok bo‘lgan.

Missiya joriy yilning 16 avgustidan 15 noyabriga qadar harbiy harakatlar natijasida 32 fuqaroning halok bo‘lgani va 132 kishining jarohat olganini qayd etdi. 
 

Mavzuga oid