OAV: Si Tszinpin universitetlarda marksizmni o‘rganishga chaqirdi
XXR raisi Si Tszinpin Xitoy universitetlarida g‘oyashunoslik va marksizmni o‘rganishga katta e'tibor qaratishga chaqirgan. Chunki, mamlakatni g‘arb g‘oyalari o‘z domiga tortmoqda, deb yozadi Manila Bulletin nashri mahalliy OAVga tayangan holda.
Qayd etilishicha, Xitoy rahbarining bu izohi uning siyosiy konservatorligini namoyish qiladi.
«Sinxua» davlat axborot agentligining xabariga ko‘ra, Si Tszinpin universitetlar «marksizm g‘oyalarini tarqatish vazifasini o‘z zimmalariga olishi kerak», deya bayonot bergan.
Mamlakat yetakchisi, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari rahbariyatlarini «g‘oyaviy-siyosiy ishlarni mustahkamlash va yaxshilash ishlari»ni faollashtirishga chaqirgan.
Nashrning yozishicha, Xitoy OAVda, mamlakat shimoli-g‘arbidagi universitetlardan birida Tavallud bayramini nishonlash taqiqlangani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:23 / 19.11.2024
Germaniya TIV rahbari XXRni RFga harbiy yordam bermaslik haqida ogohlantirdi
21:00 / 14.09.2022
Xitoy rahbari Samarqandga keldi
07:21 / 22.03.2022
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik yo‘lladi
10:41 / 20.12.2021