Sport | 20:00 / 12.12.2016
13427
1 daqiqa o‘qiladi

Yozef Blatter Rossiyadan JCh-2018 mezbonligi olib qo‘yilishi oqibatlaridan ogohlantirdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter Rossiyadan 2018 yilgi jahon chempionati mezbonligini olib qo‘yish g‘oyasidan voz kechishga chaqirdi.

U voqealar bunday tus olishi ehtimolini falokatga tenglashtirgan.

«Agar dunyodagi geosiyosiy omillarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatidan mahrum qilinishi falokat bo‘ladi», — degan Blatter.

2018 yilgi mundial 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburg shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid