19:11 / 13.12.2016
11188

Yilning eng yaxshi erkak va ayol tennischisi aniqlandi

ITF britaniyalik Endi Marrey va germaniyalik Anjyelik Kerberni yilning eng yaxshi tennischilari deb topdi. Sportchilarga maxsus mukotfotlar Parijda kelasi yilning 6 iyun kuni topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, britaniyalik tennischi 2016 yilning noyabrida o‘z faoliyatida ilk bora ATR reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Sportchi ikki hafta o‘tib Londondagi yakuniy musobaqa finalida serbiyalik Novak Jokovich ustidan g‘alaba qozongan.

Endi Marrey va Novak Jokovich

Anjyelik Kerber esa joriy yilda Australian Open va AQSh ochiq chempionatida g‘alaba nashidasini surdi. Shuningdek, germaniyalik tennischi Uimbldon finaliga qadar yetib borgan. 

Syerena Uilyams va Anjyelik Kerber
Mavzuga oid
Top