Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi
13 dekabr kuni Toshkentda ish boshlagan Senatning sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgani ta'kidlangan.
Huquqiy hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan, vakolatli organlar tizimi keltirilmoqda, ushbu sohada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilab berilmoqda hamda ochib berilmoqda, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyati aks ettirilayotgani e'tirof etilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi sub'yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini kuchaytirish maqsadida qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarni tashkil etish hamda uning tarkibiga jamoat birlashmalarining vakillarini, tadbirkorlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.
Ushbu normativ-huquqiy hujjat xususiy mulkni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoyalashga qaratilgan. Senatorlar tomonidan qonunning qabul qilinishi ishchanlik faoliyatini va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga ko‘maklashishi qayd etilgan.
Muhokama jarayonida ushbu qonun ma'qullangan.
Shu yilning 14 oktabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kiritilgandi.
Deputatlar 20 oktabr kuni ushbu qonun loyihasini muhokamadan o‘tkazgan, noyabr oyi oxirida qonun qabul qilinib, Senatga ma'qullash uchun yuborilgandi.
Mavzuga oid
12:19 / 15.05.2026
Poraxo‘r kim? – Aksilkorrupsiya agentligi korrupsionerning yangi portretini tayyorladi
22:18 / 06.02.2026
Korrupsioner tashkilotlar, Samarqanddagi nepotizm va kechikayotgan qonunlar – Antikor agentligidan reportaj
20:42 / 31.12.2025
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi taqdim etiladi
18:46 / 31.12.2025