O‘zbekiston | 23:26 / 14.12.2016
24540
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yildan boshlab bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida nutq so‘zladi.

Prezident o‘zining yangi lavozimdagi asosiy vazifalar haqida gapirgan. U ijtimoiy islohotlarga to‘xtalgan. 

"Biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta'sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. 

Shu maqsadda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha biz aniq chora-tadbirlarni rejalashtirganmiz va ular albatta amalga oshiriladi", degan prezident. 

Ma'lum qilinishicha, 2017 yildan boshlab aholini, avvalambor, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash masalasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid