O‘zbekiston | 19:17 / 14.12.2016
4255
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya TIV rahbari o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

2016 yilning 16 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrifi buyuradi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Tashqi ishlar vazirligida hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Dunkan O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilinadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish