Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
14 dekabr kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaqinda Rossiya federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionatga dunyoning 30 ta davlatidan 500 ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 36,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni, degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Hindiston (32 ochko) va 3-o‘rinni Rossiya (31 ochko) shahmat ustalari qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba to‘liq tarkibda 31 nafar iqtidorli shaxmatchi ishtirok etdi. Chempionat standart va klassika yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jami 8 ta (3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
19:23 / 17.04.2026