Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxeologlar sirli qadimiy shaharni topishdi
Gyoteborg universiteti arxeologlari Gretsiyaning tarixiy tumanida joylashgan Fessaliyaning g‘arbiy qismida qadimiy shahar xarobalarini topishdi. Avvalroq, bu hududda antik davrda yirik aholi yashash manzilgohlari bo‘lmagan, deb hisoblangan. Olimlar tadqiqoti haqida EurekAlert! xabar bermoqda.
Eramizdan avvalgi 500 yilga tegishli bo‘lgan shahar Vloxos qishlog‘i yaqinida joylashgan. Uning Strongilovoúni tepaligi yonida joylashgan xarobalari uzoq vaqt olimlar e'tiboridan chetda qolib keldi. Biroq arxeologlar 2016 yilning sentabrida radiolokatsiya - tepalik tagida nimalar borligini bilishda yordam beradigan qurilmani qo‘llagan holda xarobalarni tadqiq qilishdi.
Olimlar tuproq tagida ko‘chalar, maydon va devorlarni aniqlashgan. Bu esa u yerda yirik shahar bo‘lganidan dalolat beradi. Xarobalar taxminan 40 gektar maydonni qamrab olgan. Shuningdek, loydan tayyorlangan idishlar va tangalar ham topildi. Eng qadimiy topilmalarning yoshi 2,5 ming yilga teng bo‘lishi mumkin. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, shahar eramizdan avvalgi III-IV ming yilliklarda rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Shundan so‘ng odamlar u yerni tark etishgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ularning topilmalari antik davrdagi yunon shaharlari haqida ko‘proq bilish imkonini beradi. Kelajakda boshqa qadimiy xarobalar ham topilish ehtimoli yuqori ekan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026