Toşkent şahrida Gretsiya elçixonasi oçildi, bu haqda taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
U Gretsiyaning Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Paraskevi Tsevelek xonimdan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
«Toşkent şahrida Gretsiya elçixonasining oçilişini olqişlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada jadallaştirişga xizmat qiladi, deb işonamiz. Uçraşuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirişni muhokama qildik. Hurmatli elçi xonimga Özbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritişini tilaymiz», deb yozdi Saidov.
Paraskevi Tsevelek Gretsiyaning Özbekistondagi elçisi bölgan Yekaterina Nassika örnini egalladi.
Gretsiya va Özbekiston örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilda örnatilgan. Biroq, Özbekistonda elçixonasi mavjud bölmagani sababli elçilar Moskvadagi elçixonada faoliyat yuritgan.












