O‘zbekiston | 19:40 / 15.12.2016
43321
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot vazirligida Botir Xo‘jayev o‘rniga rahbar tayinlandi

Bugun O‘zbekiston hukumatida Moliya vazirligiga o‘tgan Iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Xo‘jayev o‘rniga rahbar tayinlandi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Bekenov Sunatulla Husanovich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning  Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.

U 2005 yilgacha (qachondan beriligi noma'lum) "O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi" davlat korxonasi bosh direktori sifatida ishlagan. 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2015 yildan shu kungacha Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid