Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqaradagi qotillik. Voqea joyidan ilk video
Rossiyaning Turkiyadagi elchisini o‘ldirgan qotilning voqea joyidagi harakatlari videoyozuvlarga muhrlangan.
U qotillikni amalga oshirib bo‘lgach, baland ovozda baqira boshlaydi va asosan Suriyadagi voqealar uchun o‘ch olish haqida gapiradi.
Anqaradagi Zamonaviy san'atlar markazida rasm ko‘rgazmasi ochilish marosimida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga suiqasd uyushtirildi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Andrey Karlovga qarata uning ortida turgan noma'lum shaxs o‘q uzdi. Elchi o‘q yeb yiqilgach, jinoyatchi havoga qarata o‘t ochdi va mehmonlarni zaldan chiqib ketishga buyurdi.
Ko‘p o‘tmay u politsiyachilar tomonidan otib tashlandi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
19:11 / 13.04.2025