Olmazor tumanida yosh o‘qituvchilar uchun konferensiya o‘tkazildi
Olmazor tumanidagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassis o‘qituvchilar uchun “Yosh pedagog va zamon” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
2016 yilning 17 dekabr kuni Olmazor tumanidagi 243-umumta'lim maktabida tumanda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassis o‘qituvchilar uchun “Yosh pedagog va zamon” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferentsiyada ishtirok etgan tumandagi umumta'lim maktablarining 135 nafar yosh mutaxassis o‘qituvchilariga soha mutaxassislari tomonidan siyosiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda metodik ma'lumotlar berildi.
Tadbirda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining malakali o‘qituvchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zolari va boshqa soha vakillari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida yosh mutaxassis o‘qituvchilarga Xalq ta'limi vazirligi Multimediya markazi tomonidan tayyorlangan “O‘qituvchining zamonaviy qiyofasi” mavzusidagi videorolik qo‘yib berilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.
“Men faoliyatimni boshlaganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Faoliyatim jarayoniga turli muammolarga duch kelyapman. Ayniqsa, darsim fizika bo‘lsada, darslarimga o‘quvchilarimni jalb qilishim qiyin kechyapti. Bugungi seminarda ana shu muammolarga ham alohida to‘xtalib, Ustoz o‘qituvchilarning ish tajribalari bilan tanishdik, darslarni zamonaviy tarzda tashkil etish yuzasidan maslahatlar oldik. Ana shunday tadbirlarning, seminar-treninglarning o‘tkazilishi albatta ta'lim sifatini oshishida, men kabi yosh o‘qituvchilarni maktab hayotiga tezroq moslashib ketishiga, eng asosiysi, o‘quvchilar bilan, ularning ota-onasi bilantez til topa olishimizga yordam beradi”, deydi tumandagi 22-umumta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, yosh pedagog Azimxo‘jayev Qudrat.
Tadbirda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyati, Qonunda yoshlar, yoshlar tadbirkorligi, yosh mutaxassis kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilganiga alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘qituvchilarga darslarni noan'anaviy tashkil etishning metodik va psixologik usullari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Mavzuga oid
20:17
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:42 / 30.10.2024
Ma’lumotlar “kaft ustida” bo‘lsa, to‘g‘ri qaror chiqarish ehtimoli ortadi – Toshkentda ma’lumotlarni boshqarish mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
16:29 / 21.10.2024