Odatda bu kabi tadbirlarni yoritiş OAV uçun qiziqmas – öquvçi bu xabarlarni “ötkazib yuboradi”. Şu uçun ham taşkilotçilar qönğiroq qilib, jurnalist sifatida tadbirga taşrif etişimni söraşganda doim biroz öylanaman: “boraymi, yöqmi?” Ammo bu safar öylanmasdan “boraman” dedim, çunki mavzu ahamiyatini bilaman – ma’lumotlarni tartibli jamlaş va keyin ulardan töğri foydalaniş tizimi yaratilsa, qaror qabul qiluvçilar notöğri qarorlarni qabul qiliş ehtimoli favqulodda pasayadi. Şu uçun ham mazkur harakat qöllab-quvvatlanişi zarur.

Konferensiyada sohada qilinayotgan va qilinişi kerak bölgan işlar tilga olindi. Xususan Soliq qömitasining öz faoliyatida ma’lumotlarni jamlaş va foydalaniş sohasida qilayotgan işlari haqida ma’lumot berildi.

Xususan onlayn nazorat-kassa maşinalarining avtomatlaştirilgan axborot tizimi doirasida töplanayotgan ma’lumotlar kölami körsatildi. Unda ma’lum vaqt oraliğida qaysi mahsulot qay miqdorda sotilganini köriş mumkin.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning avtomatlaştirilgan axborot tizimi yordamida sotilgan tovar va xizmatlar körsatkiçlarini kuzatib turiş mumkin.

Bojxona qömitasi taqdim etgan prezentatsiyada sohani raqamlaştiriş böyiça qilingan işlarni tahlil qiliş mumkin.

Yuqori darajali boşqaruvçilar uçun “Dashboard” nomli raqamli boşqaruv paneli joriy etiladi. Bundan taşqari, sun’iy intellekt qaror qabul qiliş jarayonini yanada samaraliroq qiliş maqsadida tahliliy yordamçiga aylanadi.

Yangi qonunning qabul qilinişi bilan davlat siyosatini şakllantiriş, barça sohalar ma’lumotlaridan yagona “köldan” foydalanişni ta’minlaş hamda yaxlit davlat yondaşuvini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda. Ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qiliş, strategik rejalaştiriş, davlat dasturlarini amalga oşiriş va davlat budjeti samaradorligini oşiriş tamoyili ilgari surilmoqda.

Çora-tadbirlar sifatida quyidagilar kutilmoqda:

  • Yangi ma’lumotlarning qiymatini muhokama qiliş uçun vazirlik va idoralardan iborat yuqori darajadagi ma’lumotlar kengaşini tuziş;
  • “ma’lumotlar bir marta yiğiladi va keyin qayta işlatiladi” tamoyili asosida vazirliklar va idoralar tomonidan ma’lumotlar katalogini yaratiş. Ya’ni agar bir idora ma’lumotlarga ega bölsa, u tasdiqlangan funksiyalarni amalga oşiriş uçun uni boşqa idora bilan baham köradi;
  • Şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş talablariga muvofiq xavfsiz ma’lumotlar almaşinuvini ta’minlaş;