Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV Karlovning o‘limini tasdiqladi va bu hodisani terakt sifatida baholadi
Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida Rossiya elchisi Andrey Karlovning otib tashlanishi terakt sifatida baholandi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
U elchining shifoxonada o‘qotar quroldan olingan jarohatlar tufayli jon berganini tasdiqladi.
Ro‘y bergan hodisa haqida mamlakat prezidenti Vladimir Putin xabardor qilingan.
"Prezidentga Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga uyushtirilgan hujum haqida ma'lumot yetkazildi. Ma'lumot tekshirilmoqda, prezident TIV hamda maxsus xizmatlar hisobotini tinglaydi", degan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bundan oldinroq, qotil voqea joyida yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.
Hürriyet nashrining yozishicha, qotil o‘z harakatlarini Suriyadagi xunrezliklarga javob sifatida ma'lum qilgan.
Qotillik videosi mahalliy telekanallardan biri kamerasiga muhrlangan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
19:29 / 22.09.2025