Jamiyat | 23:27 / 20.12.2016
16438
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada jahon kinosi afsonasi vafot etdi

Foto: AFP

Fransiyalik afsonaviy aktrisa Mishel Morgan 96 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda kinoyulduz yaqinlarining xabariga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi. 

Aktrisaga jahonshumul shuhratni "Tumanlar sohilbo‘yi" (1938) filmidagi Nelli roli keltirgan, u bu filmda Jan Gaben bilan birga suratga tushgan. Mutaxassislar Morganni kinematograf tarixidagi "eng chiroyli ko‘zlar" sohibasi deb atashgan.

"Kinematografning eng chiroyli ko‘zlari seshanba kuni, 20 dekabrda, hayotining 97-yilida abadiy yumildi", deyildi xabarda.  

Aktrisa Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol rol uchun mukofoti (1946), kinematografdagi buyuk xizmatlari uchun "Sezar" (1992) va "Oltin sher" (1996) mukofotlarini olgan. 1960 yilda Morgan Gollivuddagi "Shon-shuhrat xiyoboni"da o‘zi sharafiga yulduz bilan taqdirlangan.