Jamiyat | 21:33 / 21.12.2016
21166
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada Boeing 727 samolyoti qulashi guvohlar tomonidan videoga olindi

Foto: BNO News

20 dekabr kuni Kolumbiyada Puerto-Karreno aeroportidan parvoz qilgan Boeing 727 rusumli yuk samolyoti halokatga uchradi. Guvohlar laynerning muvaffaqiyatsiz qo‘nishini videoga olgan. Videoda samolyoti yerga juda yaqin uchishi va to‘siqlarga tegib o‘tishini ko‘rish mumkin.

Yana bir videoda samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq pastga sho‘ng‘ishini ko‘rish mumkin. U muvaffaqiyatsiz qo‘ngach, yona boshlagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotga haddan tashqari ko‘p yuk ortilgan va uchuvchi uchish yo‘lagi uzunligini to‘g‘ri chamalay olmagani tufayli halokat sodir bo‘lgan.

Aerosucre aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti halokati oqibatida 4 kishi nobud bo‘lgan, 2 kishi jarohatlangan holda topilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid