Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Klinton mag‘lubiyatining sababini aytdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uning prezidentlik saylovlaridagi asosiy raqibi Xillari Klinton nima uchun mag‘lub bo‘lgani sababini aytdi. U bu haqda tvitterda izoh berdi.
"Saylovchilar hay'ati ovozlarini olish uchun siyosiy kampaniyani olib borish saylovchilar ovozini olishdan ko‘ra ancha murakkabroq va nozikroq jarayondir. Xillari o‘z e'tiborini kerakli shtatlarga qaratmadi", deb yozdi Tramp.
Trampning fikricha, agar g‘olib saylovchilar ovozi bilan aniqlanganda, u ancha yaxshiroq natijalar ko‘rsatgan bo‘lardi. Biroq Trampning aytishicha, u holda u o‘z kampaniyasini boshqacha tarzda olib borgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020