Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Uni Bishkekdagi aeroportda Almazbek Atambayev kutib olgan.
23 dekabr kuni Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev va Eron prezidenti o‘rtasida tor va keng doiralarda uchrashuvlar o‘tkaziladi.
«Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalarni muhokama etishadi. Shuningdek, uchrashuvda Eron va Qirg‘izistonning o‘zaro hamkorligi masalalari xususida gaplashiladi. Tashrif davomida qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif yakunida ikki siyosatchi matbuot uchun bayonot bilan chiqadi. Bundan tashqari, Eron prezidenti Qirg‘iziston Respublikasi Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashib, Qirg‘iziston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni O‘zbekistonga keladi.
Kun avvalida Qirg‘iziston prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari, tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov Atambayev Samarqandga borib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirishi haqida ma'lum qilgandi. Atambayev Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doiradagi muzokaralar o‘tkazishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

21:20 / 15.08.2023
Eron prokuraturasi sobiq prezidentga nisbatan jinoiy ish ochdi

21:35 / 01.08.2021
Hasan Ruhoniy o‘z prezidentligi vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun Eron xalqidan uzr so‘radi

21:27 / 20.01.2021
Eron prezidenti Trampning siyosatchi sifatida “o‘lganini” aytdi

20:38 / 25.11.2020