150 kishilik samolyotga bor-yo‘g‘i uch nafar yo‘lovchi chiqdi
Uch nafar britaniyalik sayyoh qizlar British Airways aviakompaniyasining Gibraltar—London reysiga chiqqan yagona yo‘lovchilar bo‘lishdi. Ularning aytishicha, samolyot bortida ular bilan go‘yoki rok yulduzlardek munosabatda bo‘lishgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Lora Stivens, Sara Xant va Lori-Lin Uoller ismli bu ayollar Gibraltarda uch kun birga bo‘lishgan. Ular uyga, Londonga qaytadigan vaqt kelganda samolyotlari bir necha soatga ushlanib qolishi ma'lum bo‘lgan. Qizlar samolyot uchishini aeroportda kutib o‘tirmaslikka qaror qilganlar.
Qizlar aeroportga yana qaytib kelishganda, ularning reysidagi barcha yo‘lovchilar boshqa samolyotga o‘tkazilib, manzil tomon uchib ketishgani ma'lum bo‘lgan. Oqibatda ular o‘zlari uchishlari kerak bo‘lgan 150 kishilik samolyotdagi yagona yo‘lovchilarga aylanganlar. Ekonom-sinfga chiptalarga ega bo‘lgan qizlarni biznes-klassga o‘tkazishgan.
Ularni uch taomdan iborat tushlik bilan mehmon qilishgan va qancha istasalar shuncha shampan vinosi ichishlariga ruxsat berishgan. Oqibatda qizlar 10 shisha vinoni "paqqos tushirishgan". Bundan tashqari, ular samolyot sardori bilan selfiga tushishgan. "Bu ajoyib, kam uchraydigan hodisa bo‘ldi, biz uni hech qachon unutmaymiz", deb aytgan 34 yoshli Stivens.
Sentyabrda ham boshqa bir britaniyalik sayyohlar bilan shunday voqea yuz bergandi: ikki nafar sayyoh Tailandga uchuvchi samolyotning yagona yo‘lovchilari bo‘lganlar.
Mavzuga oid
21:13 / 19.03.2021
British Airways Londondagi bosh qarorgohini sotish haqida o‘ylamoqda
19:35 / 18.03.2021
Gibraltar dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi emlashni yakunladi
22:11 / 12.10.2020
Dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining rahbari iste'foga chiqdi
17:01 / 17.07.2020