Jahon | 20:07 / 23.12.2016
17544
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya samolyotini olib qochgan shaxslar taslim bo‘ldi: Ular Maltadan boshpana so‘radi

Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga tegishli olib qochilgan A320 samolyotida bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi ozod etildi. Samolyotni olib qochgan 2 shaxs ham Malta hukumatiga taslim bo‘lgan. Bu haqda Malta bosh vazirining rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.

Ayni vaqtda ular huquq-tartibot organlari nazoratida.

Bundan oldingi xabarlarda, garovga oluvchilar Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayfulislomni ozod etish talabini qo‘yayotgani ma'lum qilingandi.

Ushbu shaxslar Malta hukumatidan boshpana so‘ramoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid