Rossiya o‘z vatandoshlariga davlat fuqaroligini berish tizimini osonlashtiradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashi va Davlat dumasi, ikki palataning sohalar bo‘yicha qo‘mitalari rahbariyatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda parlament faoliyati yil yakunlari, keyingi yilga qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Rossiya liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy uchrashuvdagi chiqishida sobiq vatandoshlar tomonidan Rossiya fuqaroligi olinishi muammosiga e'tibor qaratdi.
"Biz o‘ziga vatandoshlarini qo‘ymaydigan yagona davlatmiz. Vengriyada va Isroilda etnik vengrlar, etnik yahudiylarga aeroportdayoq pasportlar topshiriladi. Ruslar, Rossiya esa o‘z fuqarolarini siqib chiqaradi. Hozirda bizda 200 mln fuqaro bo‘lardi, biroq migratsion xizmat sabotaj bilan shug‘ullanadi va ruslar 8 yil davlatimiz bo‘ylab yurib ham pasport ololmaydilar. Bu yerda tartib o‘rnatish kerak", deb aytgan Jirinovskiy.
"Biz tuzatishlar, tuzatishlar kiritaveramiz. Bitta qonun qabul qilish kerak va zudlik bilan barcha davlatlardagi: Kiyevda, Toshkentda, Bokudagi ruslarga Rossiya pasporti berish kerak va o‘zimizda ularni qiynamaslik kerak", deb aytgan siyosatchi.
Putin bunday tuzatmalarga rozi ekanligini aytgan.
"Vladimir Volfovichning vatandoshlarimiz haqidagi so‘zlariga qo‘shilaman. Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish kerak. Bunga roziman. Yagona muammo, odatdagidek, uy-joy, ish, ijtimoiy ta'minot va hududlar bo‘ylab taqsimlash bilan bog‘liq masalalardir. Siz o‘zingiz qishloqqa borilsa yaxshi bo‘lardi, deb aytdingiz. Biroq u yerlarga bormaydilar, mana gap nimada, ular Moskvaga, Peterburgga boradilar. Mana muammo nimada. Bu oson ish emas, biroq juda to‘g‘ri va olijanob ishdir. Men bu bilan bor g‘ayrat bilan shug‘ullanish kerakligiga roziman", deb aytdi Putin.
Mavzuga oid
12:21
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
23:01 / 21.11.2024