O‘zbekiston | 22:41 / 24.12.2016
18882
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev: Biz odamlar chegaralarni his qilmasliklari uchun barchasini qilishimiz kerak

24 dekabrda O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar vaqtida o‘zbek va qirg‘iz xalqlarida avval umumiy davlat – Qo‘qon xonligi bo‘lganini, xalqlar orasida chegara bo‘lmaganini aytib o‘tdi.

"Biz odamlar chegaralarni his qilmasliklari uchun barchasini qilishimiz kerak", deb aytdi Atamboyev. 

Atamboyev bugungi uchrashuvni ramziy uchrashuv deb atadi, chunki 20 yil avval aynan shu kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida kelishuv imzolangan.

"O‘ylaymanki, bugun yubiley kunida biz yangi sahifa ochmoqdamiz", deb aytdi Qirg‘iziston Prezidenti va O‘zbekiston Prezidentining javob tashrifidan juda xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
 

Mavzuga oid