O‘zbekiston | 20:42 / 24.12.2016
18585
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevga: Biz nimaiki qilsak, aholimiz do‘stlashishi uchun qilishimiz kerak

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvda ikki xalq aholisi do‘stlashishi uchun harakat qilish kerakligini ta'kidladi. 

"Biz nimaiki qilsak, aholimiz do‘stlashishi uchun qilishimiz kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Almazbek Atamboyev Samarqandga tashrif buyurgan. Bu yerda davlat rahbarlari O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yishdi, shuningdek, "MAN Auto – Uzbekistan" qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi. 

Mavzuga oid