Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimov Tojikiston prezidenti bilan muhim masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Foto: fb.com/khadamotimatbuot
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Tojikiston va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi Rustam Azimov 27 dekabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Imomali Rahmon O‘zbekiston rasmiy davlat delegatsiyasining Tojikistonga qilgan mazkur tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni bundan buyon rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam ekanini ta'kidladi.
Tojikiston rahbari O‘zbekistonning ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklashiga oid tashabbusini ijobiy baholashini aytib o‘tdi.
U tojik xalqi temir yo‘l uchastkalarini qayta tiklash, temir yo‘l orqali yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiya importi va eksportini tiklash, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va yengillashtirish hamda chegara masalalarini hal qilishda munosabatlarning ijobiylashuvini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport va kommunikatsiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi sohalaridagi hamkorlik rivoji bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek terrorizm, ekstremizm, narkotrafik hamda boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:43 / 10.06.2025
Rustam Azimov: “Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”
20:36 / 02.06.2025
Ukraina – Rossiya muzokaralarining ikkinchi raundi yakunlari e’lon qilindi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
19:11 / 13.04.2025