09:34 / 27.12.2016
8198

Saudiya qiroli suriyaliklarga besh million dollar xayriya qildi

Foto: AP

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud butun mamlakat bo‘ylab suriyaliklarga yordam uchun xayriya pullari yig‘ish haqida farmon chiqardi. Qirolning shaxsan o‘zi bu maqsad uchun 20 million rial (besh million dollardan ortiq) mablag‘ni ajratdi, deb xabar beradi Saudiya yangiliklar agentligi qirollik kantselyariyasiga asosan.

"Qirol Salmon bin Abdul Aziz Al Saud Suriyadagi aka-ukalarimiz, ayniqsa Halab va boshqa shaharlardan bo‘lgan qochqinlar qanday qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazayotganliklarini ko‘zda tutib, seshanbadan boshlab qirollikning barcha tumanlarida do‘stona suriya xalqiga yordam uchun ommaviy xayriya mablag‘larini yig‘ish kampaniyasini tashkil etishga buyruq berdi", - deyiladi xabarda.

Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi, IIV rahbari Muhammad bin Noif ham 10 million rial (ikki million dollardan oshiq) pullarini xayriya maqsadida berishga qaror qildi. 

Saudiya Arabistoni ushbu kampaniya doirasida yuz million saudiya riali (26 million dollardan ko‘proq) yig‘ishni maqsad qilgan. Shuningdek, qirol Salmon markaziga suriyaliklarga oziq-ovqat va dori-darmonlar taqdim etish, yaralangan suriyaliklarni davolash uchun qabul qilish, ularga boshpana berish hamda qishki sharoitda yashashlari uchun barcha kerakli yordam ko‘rsatish vazifasi ham yuklatiladi.

 

Top