OAV: Isroil bosh vaziri BMT rezolyutsiyasini "urush e'lon qilish" deb aytgan
Isroil bosh vaziri Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Marrey Makkallini Isroil Falastinda qurish ishlarini olib borishni taqiqlovchi aksilisroil rezolyutsiyasi uchun ovoz berishni "urush e'lon qilish" kabi qabul qilishidan ogohlantirgan. Bu haqda Isroilning Haaretz nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil hukumati rahbari Makkalliga BMTda ushbu rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishdan bir necha soat avvalroq telefon qilgan. Nashrning ma'lum qilishicha, suhbat "keskin tarzda" o‘tgan. "Agar siz bu mojaroli qarorni qabul qilsangiz, biz buni urush e'lon qilish deb qabul qilamiz. Biz Yangi Zelandiya bilan aloqalarni uzib, elchimizni qaytarib olamiz", deb aytgan Netanxu.
Suhbat keskin o‘tganiga qaramasdan, Makkalli rezolyutsiya "mamlakat siyosatiga mos kelishini va shuning uchun qo‘llab-quvvatlanishini" aytgan.
Nashrning keltirishicha, Isroil tashqi ishlar vazirligidagi yuqori lavozimdagi amaldor Yangi Zelandiyaning BMTdagi vakiliga tahdid qilgan va Isroilning Vellingtondagi elchixonasi yopilishini aytgan. Nashrning fikricha, bu holat Isroil rahbariyatining BMT Xavfsizlik kengashida rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish oldidan sarosimaga tushib qolganidan darak beradi.
Mavzuga oid
15:10
Isroil G‘arbiy sohildagi UNRWA markazini butunlay vayron qildi
20:27 / 03.11.2024
Isroil «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi qo‘lga olinganini e’lon qildi
20:27 / 02.11.2024
Isroilda razvedka ma’lumotlarining sizib chiqishiga aloqadorlar ushlandi. Ular orasida Netanyahuning yordamchisi ham bor
15:30 / 02.11.2024