Sport | 20:21 / 30.12.2016
24632
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov nima uchun Xitoy jamoasi taklifini qabul qilganiga izoh berdi

Endilikda «Krasnodar»ning sobiq futbolchisi hisoblanadigan, bugun rasman Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi a'zosiga aylangan  Odil Ahmedov nima uchun faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi.

«Menda nafaqat Xitoy ligasidan, balki Yevropa jamoalaridan ham takliflar bor edi. Men barchasini ko‘rib chiqib, Xitoy klubi taklifini qabul qildim. Men «Krasnodar»ga foyda keltirish haqida o‘yladim. Men Xitoy chempionatiga o‘tishni — professional nuqtai nazardan ortga qadam tashlash deb o‘ylamayman. Hozirda bu chempionatda dunyoning yetakchi futbolchilari o‘ynashmoqda hamda bu liga jamoalarini eng yaxshi murabbiylar boshqarishmoqda. 

Xususan, men qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashdim. U menga jamoadagi vaziyatni va men bu klubda egallaydigan o‘rinni tushuntirib berdi. «Shanxay SIPG»ga o‘tishim milliy terma jamoaga ham yaxshi bo‘ladi. Murabbiylar shtabi mening o‘yinimni kuzatib borishadi.

Afsuski, jamoa bilan xayrlashishga ulgurmadim. Boisi, ta'til boshida Krasnodardan jo‘nab ketgandim. Shartnoma imzolashdan oldin Sergey Galitskiy menga ko‘ng‘iroq qildi, bir-birimizga omad tiladik. Men hisoblaymanki, Sergey Nikolayevich kabi insonlar Rossiya futboliga kerak. U Rossiya futboli uchun ko‘p ish qilmoqda, mamlakat futboli haqida ko‘p qayg‘urmoqda. U o‘z jamoasi bilan Rossiya chempioni bo‘lishini tilayman. U bunga munosib», — deya Ahmedovning so‘zlarini keltirgan TASS.

Mavzuga oid