Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin amerikaliklarni tabrikladi, ukrainaliklarni esa yo‘q
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga Rojdestvo va kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qutlov yo‘lladi.
Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, bunday maktub AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga ham jo‘natilgan. Unda siyosatchining rasman lavozimiga kirishganidan so‘ng tomonlar munosabatlarni tiklash bo‘yicha qadamlarni qo‘yishiga umid bildirilgan.
Trampga yo‘llangan maktubda aytilishicha, “so‘nggi yillarda mamlakatlar duch kelayotgan jiddiy global va mintaqaviy masalalar rus-amerika munosabatlari zamonaviy dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha muhim omil bo‘lib qolishini ko‘rsatib berdi”.
Putin amerikaliklarga Yangi yil tabrigini yo‘llar ekan, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan amerikalik diplomatlarning farzandlarini Kremlda o‘tkaziladigan Yangi yil archasi tadbiriga taklif qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Putin MDH davlatlarining barcha yetakchilariga qutlov yuborgan, biroq Ukraina prezidenti Petro Poroshenko va ukrainaliklarni e'tibordan chetda qoldirgan.
Mavzuga oid
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
19:50 / 19.03.2026