20:51 / 31.12.2016
17563

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Mirzayevning yaralangandan keyingi ahvoli ma'lum qilindi

Foto: RIA

MMA’ning rossiyalik jangchisi Rasul Mirzayev Moskva janubida hujumga uchragandan keyin hozirda "ahvoli me'yorda", deb aytdi Fight Nights kompaniyasi bosh prodyuseri Kamil Gajiyev. Avvalroq 31 dekabrga o‘tar kechasi uch noma'lum kimsa Mirzayevni do‘pposlab, jarohat yetkazuvchi to‘pponchadan uni yaralaganlari ma'lum qilingandi. Jangchi Moskvadagi shifoxonlardan birida operatsiya qilingan.

"Ahvoli me'yorida. Boshqa aniqroq ma'lumot keyinroq bo‘ladi", deb aytgan Gajiyev. 

Ta'kidlash joizki, 2011 yilda Mirzayev ehtiyotsizlik tufayli qotillik sodir etgani sababli 2 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. U 2011 yil avgustida Moskvadagi tungi klubda yuz bergan nizoda talaba Ivan Agafonovga zarba bergan. Talaba olingan zarbadan bir necha kun o‘ziga kelolmay vafot etgan. Shu sababli Mirzayevning sport faoliyati ma'lum muddatga uzilgan.

 

Top