Arşning soyasidan joy oladigan yetti toifa kişilar haqida bilasizmi? Bu yetti xislat haqiqiy, komil mömin bandalarning har birida mujassam bölişi zarur bölgan sifatlardir.

عن ابى هريرة رضى الله عنه عن النبى صلى الله عليه وسلم قال "سبعة يظلهم الله فى ظله يوم لاظل الا ظله : الامام العادل و شاب نشاء فى عبادة ربه, و رجل قلبه معلق فى المساجد, و رجلان تحابا فى الله اجتمعا عليه و تفرقا عليه و رجلطلبته ذات منصب و جمال فقال انى اخاف الله, و رجل تصدق اخفى حتى لاتعلم شماله ما تنفق يمينه و رجل ذكرالله خاليا فعاضت عيناه" (متفق عليه

Ma'nosi: Yetti nafar kişini Alloh taolo qiyomat kuni öz Arşining soyasidan boşqa soya bölmagan kunda soya tagiga oladi. Bular: 1. Odil Imom; 2. Allohning ibodati bilan maşğul bölgan yigit; 3. Qalbi masjidga doimo boğlangan kişi; 4. Alloh uçun döstlaşgan kişilar. Ular Alloh yölida döstlaşib, Alloh uçun ajraladilar; 5. Gözal va aslzoda xotin zinoga çaqirganda men Allohdan qörqaman deb bormagan kişi; 6. Sadaqasini maxfiy qilib bergan kişi, sadaqani şu darajada maxfiy qilganki, hatto öng qöli bilan bergan sadaqasini çap qöli bilmaydi; 7. Heç kim yöq, xoli joyda Allohni eslab köz yoş tökkan kişi”.  Bu hadisni Imom Buxoriy va Muslim Sahih kitoblarida rivoyat qilişgan.

Quyida bu yetti nafar şaxslarni har biriga alohida töxtalib ötamiz. Ularning birinçisi Odil Imomdir. Ya'ni odil rahbar yo boşliq. Uning birinçi öringa qöyilişini sababi dunyo hayotining yaxşi borişi, fuqarolarning yaxşi yaşaşi jamiyatning pokiza bölişi – ularning adolatiga boğliq. Zero xabarda şunday marhamat qilinadi:

"قوام الدنيا باربعة اشياء اولها بعلم العلماء و الثانى بعدل الامراء و الثالث بسخاوة الاغنياء و الرابع بدعاء الفقراء".

“Dunyoning asosi tört narsaga boğliq: 1 – Olimlarning ilmiga; 2 – Amirlarning adolatiga; 3 – Boylarning saxiyligiga; 4 – Kambağallarning duosiga”.

Amirlarni (rahbarlarni) eng a'lo xulqi adolatdir. Şuning uçun ham qiyomat kunida amirlardan eng avval adolatidan söraladi. Bu xususda şunday deyiladi:   "اول ما يحاسب الامراء العدل" Ya'ni: “Amirlar birinçi bölib adolatdan hisob-kitob qilinadilar”.

Qur'oni karimda marhamat qilinadi:  "ان الله يامر بالعدل و الاحسان..." “Alloh taolo sizlarni adolatga va yaxşilik qilişga buyuradi” (Nahl surasi – 90 oyat).

Payğambarimiz Muhammad s.a.v.ning uşbu hadisi şariflari ham şunga dalolat qiladi: