Jinoyat olamida bunaqasi kam uçraydi: yaşirin ustaxona va ğoyib bölgan 276 ta maşina
|18:40 / 16.07.2025134 41314 min
9 oy oldin Namanganda yuzlab avtomobillar davlat röyxatidan noqonuniy ötkazilgani haqida yozgandik. Uşbu iş tafsilotlari ma’lum böldi. Eşitgan odam yoqa uşlaydi: jinoyatçilarda otning kallasiday yurak bölganiga “qoyil qolmay” iloji yöq. Hatto IIB xodimlari bilan til biriktirib, 1 yilda 300 ga yaqin maşinani gumdon qilgan bu şovvozlarni Gollivud filmlarida ham körmagansiz. Qonunlar bilan boşqariladigan Özbekistonda bunday işlar bölayotgani odamni öylantirib qöyadi. Maqolani öqing va özingiz xulosa çiqaring.
Odatda maşina savdosi bilan boğliq aksariyat firibgarlik işlarida oluvçi çuv tuşadi. Buni turli avtolizingçi firmalar, oson şartlarda maşina olib berişni va’da qilgan soxta avtosalonlar misolida köp körganmiz. Biroq uşbu uyuşgan guruh faqat maşinasini sotmoqçi bölganlarni aldagan. Ularning jinoiy sxemasi töriga köplab oddiy odamlar ham ilingan.
Uyuşgan guruh
Uşbu uyuşgan guruh ança katta. Ular orasida Toşkent va Namangan viloyatlari yöl harakati xavfsizligi boşqarmalarining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimi inspektorlari ham bor. Şu sababli jinoiy iş ikkiga ajratilgan. Biz bugun uşbu ikki “delo”ning birinçisi haqida hikoya qilamiz.
Jinoyat işining boşlaniş nuqtasi vodiy viloyatlariga borib taqaladi. Guruhga 1991 yilda Namangan viloyatida tuğilgan Akmalxon Hoşimov rahbarlik qilgan. Uyuşgan guruhda Habibullo Matisayev, Abror Zaynutdinov, Umid Mamadaliyev, Şuhrat Dalimov, Murodillo Bayatov, Zuxruddin Çalov, Sevara Ahmadjonova kabi şaxslar bölgan.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, guruhning har bir a’zosi öziga ajratilgan vazifani bajargan. Guruhdagi asosiy vazifalardan birini Navoiy şahrida davlat röyxatidan ötkazilgan “Ixtisoslaşgan auksion avto-mulk markazi” MÇJ rahbari Murodillo Bayatov amalga oşirgan.
Işonçni oqlamagan xaridor
Uyuşgan guruh maşinasini sotmoqçi bölganlarni topib, çuv tuşirgan holda avtomobilini boşqa şaxsga ötkazişni va noqonuniy daromad körişni maqsad qilişgan. Guruh bu işni amalga oşiriş uçun bir neça usuldan foydalangan.
Usullardan biri sifatida maşinasini sotmoqçi bölgan fuqarolarni ham avtomobilga, ham kreditga çuv tuşirişgan.
Jumladan, Akmalxon Hoşimov şeriklari bilan 2023 yil 8 aprel kuni Toşkent tumani hududida fuqaro Akbar Abduxabirov bilan uçraşib, uning Lasetti maşinasini bölib tölaş şarti bilan 11 ming AQŞ dollariga sotib olişga kelişgan. Akmalxon Hoşimov maşina egasiga boşlanğiç tölov sifatida 2 ming AQŞ dollari bergan. Qolgan pulni 2 oy davomida tölab berişni va’da qilgan. Söngra özaro ijara şartnomasi tuzgan holda oğzaki kelişib, maşinani qabul qilib olgan. Akbar Abduxabirov xaridorga transport vositasini boşqariş huquqini taqdim etuvçi işonçnoma rasmiylaştirib bergan.
Mavzuga oid
Biroq Akmalxon Hoşimov bergan va’dasini bajarmagan. U qolgan pulni tölamasdan Lasetti’ni vodiy viloyatlarida maşina oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçilar orqali boşqa şaxslarga sotib yuborgan.
Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uşbu maşina, uning davlat raqam belgilari va qayd etiş guvohnomalari qayerda ekanligi aniqlanmagan.
“Göşti ham, moyi ham özidan”
Uyuşgan guruh “öljasini” asosan Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi maşina bozoridan izlagan. Ularning qarmoğiga 2023 yil 24 may kuni Solijon Hasanboyev ilingan. U Captiva maşinasini sotiş niyatida edi.
Zuxruddin Çalov Solijon Hasanboyevni öz nomiga ikkilamçi avtokredit rasmiylaştirişga köndirgan. U kredit tölovlarini uning nomidan 6 oy içida özlari töliq tölaşini va’da qilgan. Şu tariqa Solijon Hasanboyev nomiga “Kapitalbank”ning Mirzo Uluğbek filialidan 317 mln söm miqdorida ikkilamçi avtokredit rasmiylaştirilgan.
Söngra Solijon Hasanboyevning 2018 yil işlab çiqarilgan Captiva’sini Toşkent viloyati yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimida davlat röyxatidan ötkazgan hamda yangi davlat raqam belgisi va qayd etiş guvohnomasi olgan. Maşina notarial tartibda bank tomonidan garovga qöyilgan.
Zuxruddin Çalov maşinani ijaraga beriş bahonasida hujjatlarni egallab, uni keyinçalik noqonuniy sotiş uçun Akmalxon Hoşimovga topşirgan. Şu tariqa Captiva haqiqiy egasidan uning özining nomiga rasmiylaştirilgan kredit orqali sotib olingan. Biroq va’da qilinganidek kredit tölovlari tölanmagan.
Maşina esa davlat raqam belgisi, kuzov va motor raqamlari özgartirilgan holda boşqa şaxslarga sotib yuborilgan. Uşbu Captiva ham tezkor-qidiruv tadbirlari davomida topilmagan.
300 dollarlik “xörak”
Uyuşgan guruh kam ta’minlangan va pulga muhtoj insonlarni ham ayab ötirmagan. Ularning yana bir usuli şunaqa insonlar bilan boğliq. Ya’ni guruh iqtisodiy jihatdan pulga muhtoj odamlarni topib, 200-300 dollar bergan holda ularning nomiga kredit rasmiylaştirib, maşina olişgan.
Masalan, ular 2023 yil 7 sentabr kuni mavsumiy işçi bölgan Gulsanam Qurbonovani ayni şu usulda çuv tuşirişgan. Ayolning işonçiga kirgan erkaklar uni 300 dollar evaziga nomiga ikkilamçi avtokredit rasmiylaştirişga köndirişgan. Va albatta, kredit tölovlarini ayolning nomidan özlari tölaşlarini aytişgan.
Söngra Gulsanam Qurbonovaning fuqarolik pasporti olinib, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsga oid ma’lumotlari modifikatsiya qilingan. Ya’ni portalga özini-özi band qiluvçi şaxs sifatida yolğon ma’lumotlar kiritilgan. Şundan keyin ayolning nomiga “Kapitalbank”ning Sergeli filialidan 195,5 mln söm miqdorida ikkilamçi avtokredit rasmiylaştirişgan. Bu pulga olingan Lacetti Sirdaryo viloyati yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimida röyxatdan ötkazilgan hamda yangi davlat raqam belgisi va qayd etiş guvohnomasi olingan. Maşina olingan kredit uçun garov ta’minoti sifatida ta’qiqqa qöyilgan.
Rasmiylaştirilgan hujjatlar taksi xizmati olib boriş bahonasida Gulsanam Qurbonovadan olingan. Şu tariqa kredit tölovlari ayolning zimmasida qolgan, maşina esa olib ketilgan.
Uşbu Lacetti tergovda aniqlaşning imkoni bölmagan avtomaşina ta’mirlaş ustaxonalarning biriga olib borilgan. U yerda maşinaning dvigatel va kuzov raqamlari joylaşgan yuzalari qölbola usulda çarxlanib, boşqa raqam va belgilarga özgartirilgan. Söngra soxta hujjatlar orqali Lacetti noqonuniy tarzda qayta davlat röyxatidan ötkazilgan va özga şaxslarga sotib yuborilgan.
Maşina, uning davlat raqam belgilari va qayd etiş guvohnomalari ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida topilmagan.
Ğoyib bölgan maşinalar
Uyuşgan guruh uşbu usullar orqali köplab fuqarolarni çuv tuşirgan. Ular 2024 yil 9 aprel kuni soat 15:00 da tezkor tadbir davomida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Sud hujjatida guruh tomonidan 276 ta maşina jinoiy yöl bilan egallab olingani qayd etilgan. Ularning aksariyati Lasetti, Cobalt, Nexia, Malibu, Monza, Equinox rusumidagi maşinalar. Şuningdek, ular orasida Spark, KIA, Labo, Hyundai, Tracker va Captiva kabi avtomobillar bor.
Hukmga köra, ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida maşinalarning faqatgina 25 tasi topilgan, 158 tasi topilmagan. Bundan taşqari, 49 ta maşina Ğiştköprik hamda 44 ta avtomobil Yallama bojxona çegara posti orqali Qozoğistonga olib çiqib ketilgani va qaytib Özbekiston hududiga kirmagani aniqlangan.
Sud majlisida qöşimça guvoh sifatida söralgan Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovçisi jinoyat işi doirasida 100 ta maşina böyiça ayblov e’lon qilinganini, sud muhokamasiga qadar 24 ta maşina topilganini, jinoyat işi doirasida 100 dan ortiq maşina çet davlat hududida ekani aniqlanganini ma’lum qilgan.
Hukmda dastlabki tergov organi tomonidan Akmalxon Hoşimov jinoiy yöl bilan egallangan maşinalar sotuvidan 2023-2024 yilar davomida 40 mlrd 792 mln söm topgani aniqlangani keltirilgan.
Soxta auksion
Uşbu jinoyat işida Murodillo Bayatov asosiy vazifalardan birini bajarganini aytgandik. Gap şundaki, u jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan maşinalarni qayta davlat röyxatidan ötkazişda soxta hujjatlar tayyorlab bergan. Bu qanday amalga oşirilganini bir holat misolida keltirib ötamiz.
Uyuşgan guruh muqaddam jinoiy yöl bilan egallab olgan Lacetti maşinasini tergovda aniqlaşning imkoni bölmagan avtomaşina ta’mirlaş ustaxonasiga olib borilgan. Eşiklari berkitilgan ustaxonada maşinaning qat’iy hisobdagi dvigatel va kuzov raqamlari joylaşgan yuzalari maxsus texnika vositalari bilan qölbola usulda çarxlangan. Söngra raqam uruvçi maxsus moslama yordamida kuzovga kelib çiqiş manbasi aniq bölmagan XWB5V31BDPA927295 raqami tuşirilgan.
Bu orada fuqaro Bahodir Normatovning aldov yöli bilan olingan şaxsiga oid ma’luomotlari Murodillo Bayatovga taqdim qilingan. U uşbu ma’lumotlardan qonunga xilof ravişda foydalangan. Ya’ni dvigatel va kuzov raqamlari özgartirilgan Lacetti maşinasini göyoki Bahodir Normatov auksion savdolarida sotib olgani haqida soxta ğoliblik bayonnomasi va unga asos bölgan oldi-sotdi şartnomasini tayyorlagan. Uşbu hujjatlarda sotuvçi va sotib oluvçining imzolari qalbakilaştirilgan. Murodillo Bayatov hujjatlarni öz imzosi, yumaloq muhri va QR-kod bilan tasdiqlagan.
Şundan söng uşbu soxta hujjatlar Bahodir Normatov nomidan soxta imzo qöyilgan ariza asosida Toşkent viloyati yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölinmasiga taqdim qilingan. Şu tariqa maşina davlat röyxatidan ötkazilgan va yangi qayd etiş guvohnomasini hamda 10 Y 081 QA davlat raqam belgisi berilgan. Söngra maşina sotib yuborilgan.
“Jinoiy uyuşma taşkil qilmadim”
Akmalxon Hoşimov sudda aybiga qisman iqror bölgan hamda jinoiy uyuşma taşkil qilmaganini bildirgan.
“Bir neça yillardan beri avtomaşina savdosi bilan şuğullanib kelaman. Ta’mirlangan maşinalar savdosi bilan ham şuğullanganman. Faoliyatim davomida juda köp maşina olib sotdim. Ularning hammasini eslay olmayman.
Men jinoyat sodir etiş uçun uyuşgan guruh taşkil etmadim va unga rahbarlik qilmadim. Ba’zi hollarda hujjatlari bölmagan avtomaşinalarga auksion bayonnomalarini rasmiylaştirib, ularni sotganman. Uşbu maşinalarni Abdulaxad ismli şaxsdan olganman.
Abdulla ismli şaxs bilan tanişib qolganimda u menga auksion orqali avtomaşinalarga hujjat tayyorlab berişini aytgan. Tekşirganimda uşbu hujjatlar işonarli bölgan. Uşbu hujjatlar bilan keyinçalik notarial idoralarda ham hujjatlar rasmiylaştirilgan. Asosan Qoraqalpoğistondan ta’mirtalab maşinalarni olib kelib, uyda ta’mirlab sotganman. Uşbu maşinalarning kuzov raqami va rangini Abdullaga xabar qilib jönatganman, u esa menga auksion orqali hujjatlar rasmiylaştirib bergan. Şu usulda taxminan 50 taça maşina sotdim. Abdulahaddan ham 6 yoki 7 ta maşina olib sotganman.
Haqiqatan ham Abdulahad maşinalarning kuzovidagi raqamini özgartiradigan uskuna olib kelgan. Uni işlatib körganmiz, ammo közlangan maqsadga erişa olmaganmiz. Olib sotgan maşinalarimning kuzov raqamlarini özgartirmaganman”, degan öz körsatmasida Akmalxon Hoşimov.
Şuningdek, u maşinalarga banklardan kredit ajratilişiga umuman aloqasi yöqligini, tergov davrida 5-6 ta maşinani tergovçiga topşirganini bildirgan hamda suddan odilona hukm çiqarişni söragan.
Sud işida Akmalxon Hoşimovga oid yana bir epizod bor. Bu Akmalxon Hoşimov özining voyaga yetmagan ögay qizi bilan jinsiy aloqa qilib kelgani haqida. Tergov organi uşbu ayblovni 118-moddasi 4-qismi, ya’ni 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş bilan kvalifikatsiya qilgan. Biroq sud tergov organi notöğri xulosaga kelgan, deb hisoblab, Akmalxon Hoşimovning bu qilmişini Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a, b” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilişni lozim topgan.
Qiz sudda ögay otasi nomusiga tegib, bir yil davomida jinsiy aloqa qilib kelganini, unga lirika va regapen kabi dorilarni berib kelgani bois uşbu dorilarga örganib qolganini aytgan.
Jazo
Sud hukmi bilan Akmalxon Hoşimovga 9,5 yil, Habibullo Matisayev va Şuhrat Dalimovga 9 yildan, Abror Zaynutdinov, Murodillo Bayatov va Umid Mamadaliyevga 8 yil 3 oydan, Zuxruddin Çalovga 9 yil 1 oy, Sevara Ahmadjonovaga 6 yil 8 oy, Komil Yöldoşevga 3 yil 3 oy, Sardor Ergaşevga 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Hukmda jinoyat işi böyiça yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida:
Akmalxon Hoşimov, Zuxruddin Çalov va Sevara Ahmadjonovadan solidar tartibda 10 ta jabrlanuvçiga jami 2 mlrd 952 mln söm;
Akmalxon Hoşimov, Şuhrat Dalimov va Abror Zaynutdinovdan solidar tartibda bir nafar jabrlanuvçi foydasiga 256 mln söm;
Akmalxon Hoşimov, Şuhrat Dalimov, Abror Zaynutdinov, Habibullo Matisayev va Umid Mamadaliyevdan solidar tartibda 157 nafar jabrlanuvçidan jami 25 mlrd sömdan ortiqroq;
Akmalxon Hoşimov, Şuhrat Dalimov, Abror Zaynutdinov, Habibullo Matisayev va Murodillo Bayatovdan solidar tartibda 2 nafar jabrlanuvçiga 458,4 mln söm;
Akmalxon Hoşimov, Şuhrat Dalimov, Abror Zaynutdinov, Habibullo Matisayev, Murodillo Bayatov va Umid Mamadaliyevdan solidar tartibda 37 nafar jabrlanuvçiga jami 8,5 mlrd sömdan ortiq pul mablağlari undirilişi belgilangan.
Bundan taşqari, 17 ta maşina ularni qonunda nazarda tutilgan tartibda sotib olgan va jinoyat işi böyiça jabrlanuvçi deb topilgan şaxslarga qaytarilgan. Aşyoviy dalil sifatida olingan va qonuniy egasi ma’lum bölmagan 4 ta maşina esa jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaşga qaratilgan.
Ruslan Saburov,
Kun.uz
Sud materiali asosida tayyorlandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi