Kanadalik ayol tushda ko‘rgan sonlari bilan lotereyani yutdi

Foto Atlantic Lottery
Kanadada yashovchi Olga Beno 27 yil davomida lotereyada bir xil sonlar kombinatsiyasidan foydalanib, oxir-oqibat 2016 yil 28 dekabrda 5,3 mln kanad dollari (4 mln dollar) yutib oldi. Ayolning aytishicha, u yutuqli kombinatsiyani uzoq 1989 yilda tushida ko‘rgan.
Benoning aytishicha, 1989 yil may oyida unga sonlar kombinatsiyasi tush kirgan. U bu sonlarni noma'lum sabablarga ko‘ra lotereya chiptalarini to‘ldirish uchun ishlatishga qaror qilgan. O‘shandan beri ayol 27 yil davomida lotereya kvitansiyalari sotib olib, unga tushida ko‘rgan sonlarni takror-takror kiritib kelavergan.
Beno o‘zi uchun yutuqli o‘yin kunida televizor ko‘rib o‘tirib, ekranda paydo bo‘lgan, o‘ziga yod bo‘lib ketgan sonlarga e'tibor qaratmagan.
"Men sonlarni yoddan bilaman va menga o‘yindan keyin ularni ko‘rganimdek tuyuldi, biroq yaxshi ko‘rmasligim sababli, buni shunchaki esdan chiqarishga qaror qildim", deb aytdi ayol.
Biroq ayol keyingi kun singlisi bilan suhbat vaqtida gazetani ko‘zdan kechirayotib, o‘ziga "qadrdon" bo‘lib ketgan sonlarni ko‘rgan.
Ayolda taxminan 10 yil avval saraton topilgan. Ayol kasallikdan davolanish uchun o‘z uyini sotib, ijaraga uy olishiga to‘g‘ri kelgan. Ayolning aytishicha, u yutuqni yangi uy sotib olishga sarflaydi.
Ayolga mo‘maygina pul keltirgan yutuqli sonlar qanday bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

18:21 / 03.04.2025
AQSh Senati Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish uchun ovoz berdi

08:50 / 03.04.2025
Kanada bosh vaziri: AQShning yangi bojlari global savdoni o‘zgartiradi

08:07 / 28.03.2025
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri

20:54 / 26.03.2025