Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi
1998 yilda yopib qo‘yilgan, Qozog‘istonning Jambil, Olmaota va Janubiy-Qozog‘iston viloyatlari hududi bo‘ylab o‘tib, O‘zbekistonning Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida davom etgan M-39 trassasi yana ochilishi rejalashtirilmoqda. TVK telekanali saytida ma'lum qilinishicha, bu haqda Janubiy-Qozog‘iston viloyati rahbarining O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi vaqtida aytilgan.
O‘zbekiston TIVning alohida masalalar bo‘yicha elchisi Ilhom Ne'matov bilan muzokaralar yakunida ushbu yo‘lni shu yilning fevral oyida ochishga kelishib olingan.
"Hozirda bu yo‘l yopiqligi tufayli odamlar Samarqandga borishda 70 kilometr ko‘p masofa bosmoqda. Shuning uchun biz yo‘lda harakatni tiklashga qaror qildik, bu orqali aholiga va mamlakatimiz mehmonlariga qulaylik yaratiladi",- degan o‘z intervyusida Ilhom Ne'matov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabrida Janubiy-Qozog‘iston hokimi Jonsaid Tuymeboyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirishga kelishib olingandi. Bu kelishuv doirasida ikki mamlakat chegarasida savdo hududi tashkil qilish ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston | 09:23
-
Tramp Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini «juda zaif» deb atadi
Jahon | 09:21
-
Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:16
-
Isroil sobiq bosh vaziri: Netanyahu Eronga hujum bilan G‘azodan e’tiborni chalg‘itdi
Jahon | 09:07
Mavzuga oid

08:41 / 01.03.2024
Qozog‘istonda Olmaota - Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

11:03 / 14.05.2022
Jambildagi avariya qurbonlari soni oshdi. Jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

10:25 / 13.05.2022
O‘zbekiston TIV Jambildagi avariya bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

08:50 / 13.05.2022