Jahon | 23:21 / 06.01.2017
18277
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp aktyor Arnold Shvartseneggerni tanqid qildi

Foto: NBC

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp mashhur aktyor Arnold Shvartseneggerni "Mashhurning shogirdi" realiti-shousining past reytinglari uchun tanqid qildi. Hozirda aktyor ushbu shouga boshlovchilik qilmoqda. 

Tramp bu  haqdagi fikrini tvitterda chop etdi. "Reytinglar chop etildi va Arnold  Shvartsenegger reytinglar ustasi Donald Trampga nisbatan kasodga uchradi", deb yozgan Tramp o‘z haqida uchinchi shaxsda gapirib. "Mana senga kinofilmlar yulduzi va biz shouning 1-mavsumini 14-mavsumi bilan taqqoslamoqdamiz. Endi uning natijalarini mening birinchi mavsumdagilar bilan taqqoslang. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi, axir u Keysik va Hillarini qo‘llab-quvvatlagan", deb tanqid qildi aktyorni Tramp.

Ushbu shouni Shvartseneggerdan avval Tramp olib borgan, biroq u AQSh prezidentlik poygasida aytgan mojaroli so‘zlari uchun shoudan bo‘shatib yuborilgandi. Shou yanvar oyida yana tiklandi, biroq bu gal unga Shvartsenegger boshlovchilik qila boshlagan.

Ushbu teleshouda xayriya tashkilotlariga iloji boricha ko‘proq mablag‘ yig‘ishga intiluvchi yulduzlar ishtirok etadi. Ushbu shou tadbirkorlar Tramp kompaniyalaridan birida ishlash huquqini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan "Shogird" loyihasining bir yo‘nalishi hisoblanadi. 

Shvartsenegger respublikachilar tarafdori bo‘lsada, saylovoldi poygasi vaqtida ushbu partiya vakili bo‘lgan Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan. Aktyor buni mamlakatning manfaatlarini partiyanikidan ustunroq qo‘yishi bilan tushuntirgan. Aktyor jumladan Trampning raqiblari Hillari Klinton va Ogayo shtati gubernatori Jon Keysikni qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga oid